00:18 / 13.04.2020
16181

Kongoda Fransiyaga qarashli yo‘lovchi samolyoti o‘qqa tutildi

Samolyot yakshanba kuni Parijga parvoz qilishi kerak bo‘lgan, endilikda yangi samolyot uchib kelishi bois parvoz 24 soatga kechiktirilgan.

Foto: Wikimedia

Fransiyaliklarni vataniga olib ketish uchun Kongoga uchib kelgan Fransiyaning Air France aviakompaniyasiga qarashli yo‘lovchi samolyoti Puent-Nuar shahridagi aeroportda o‘qqa tutildi. Bu haqda Frans Press agentligi xabar berdi.

"Air France 11 aprel kuni Puent-Nuar aeroportida sodir bo‘lgan hodisa oqibatida aviakompaniyaga qarashli Airbus A330 samolyotiga shikast yetganini tasdiqlaydi", - deyiladi aviakompaniya tomonidan.

Xabarda aytilishicha, o‘qqa tutilgan vaqtda samolyotda hech kim bo‘lmagan. Agentlik manbasining aytishicha, samolyot fyuzelyajida o‘q izlari qolgan. U samolyot Kalashnikov avtomatida o‘qqa tutilganini qo‘shimcha qilgan.

Qayd etilishicha, samolyot yakshanba kuni Parijga parvoz qilishi kerak bo‘lgan, endilikda yangi samolyot uchib kelishi bois parvoz 24 soatga kechiktirilgan. Kongoga shikastlangan samolyot o‘rniga Boeing 777-200 samolyoti uchib keladi va dushanba kuni Parijga qaytadi.

Mavzuga oid
Top