08:29 / 15.04.2020
35690

12-18 oydan keyin vaksina tayyor bo‘lishini kutish bema'ni optimistik prognozdir - mutaxassis

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti farmatsevtika kompaniyalari va laboratoriyalar ishlab chiqishni boshlagan vaksinalarning yangilangan ro‘yxatini e'lon qildi. Uchta preparat klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda. Biroq, ba'zi mutaxassislar vaksinalarni ishlab chiqish bo‘yicha qabul qilingan tartib qisqargani xavfsiz ekaniga shubha bilan qaramoqda.

Foto: Getty Images

Hozirgi kasallikning avj olishi - XXI asrning 20 yilidagi uchinchi koronavirus epidemiyasi. Birinchi ikkitasi - SARS va MERS  - mos ravishda 2003 va 2015 yilda kuzatildi. Biroq, ushbu turdagi virusga qarshi vaksina hali ishlab chiqilmadi.

Koronavirusning dunyo miqyosida tarqalishi va karantinning iqtisodiyotga o‘ta zararli ta'siri hisobga olinsa, vaksinani bozorga birinchi bo‘lib chiqaradigan farmatsevtika kompaniyalari katta daromadga ega bo‘lishi aniq. Profilaktik vositani ishlab chiqishga kirishgan tashkilotlar, farm-gigantlar, biotexnologik startaplar va ilmiy markazlarning soni ko‘p ekani ajablanarli emas. JSST ma'lumotlariga ko‘ra, kamida 70ta jamoa bu borada ishlamoqda, deya xabar beradi Science Alert.

Xitoyning CanSino biotexnologik kompaniyasi odamlarda tajriba vaksinasining ikkinchi bosqich sinovlarini o‘tkazmoqda. AQShning ikkita startapi - Pharmaceuticals va Moderna ham klinik sinovlarni boshladi.

AQShning yuqumli kasalliklar bo‘yicha bosh mutaxassisi Entoni Fauci ma'lum qilishicha, Shtatlarda vaksina 12-18 oydan keyin paydo bo‘lishi mumkin. Biroq, bir qator mutaxassislarning taxminicha, bunday shoshilish juda xavflidir. «Doktor Fauci 12-18 oy haqida gapirganda, bu bema'ni optimistik prognoz deb o‘ylayman, - dedi 1990-yillarning oxirida rotavirusdan vaksina ishlab chiqqan Pol Offit. - Menimcha, uning o‘zi ham buni tushunmoqda».

Yangi vaksinani ishlab chiqarish qimmat, murakkab va vaqt kerak bo‘lgan jarayon bo‘lib, yuzlab million dollar va bir necha yillik xavfsizlik hamda samaradorlik sinovlarini talab qiladi. Hozir, pandemiya avj olgan paytda, dorilar ishlab chiqaruvchilar va tibbiyotdagi amaldorlar ushbu tartibni sezilarli darajada qisqartirishga urinmoqda.

Yangi vaksinalar odatda laboratoriyada, so‘ngra hayvonlarda, keyin esa kichik sonli ko‘ngillilar guruhida sinaladi, shundan so‘ng keng ko‘lamli sinovlar boshlanadi. Biroq, bugungi kunda ba'zi ishlab chiquvchilar yo‘lni qisqartirish va hayvonlardagi tajribalardan voz kechish usullarini izlamoqda.

«Men vaksina ishlab chiqishni tezlashtirish muhimligini tushunaman, ammo tajribam shuni ko‘rsatadiki, vaksinalar bilan bunday qilib bo‘lmaydi», - dedi Beylor Tibbiyot kolleji (AQSh) tropik tibbiyot Milliy maktabi dekani Piter Xotez.

Sentabr oyidayoq Oksford olimlari jamoasi koronavirusdan vaksinani chiqarmoqchi. Bu eng optimistik ssenariy, ammo tadqiqotchilar ishlari muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top