20:07 / 16.04.2020
11692

«Mehr-shafqat va salomatlik» fondiga qancha mablag‘ tushgani va nimalarga sarflangani haqida ma'lumot berildi     

«Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondi boshqaruv raisi Asrol Mirzahmedov fond hisob raqamlariga kelib tushayotgan va sarflanayotgan mablag‘lar bo‘yicha 15 aprel soat 18:00 holatiga ma'lumotlarni taqdim etdi.

Foto: Kun.uz

Ma'lumot berilishicha: 

·        Jami 67 milliard 163 million so‘mdan ko‘proq mablag‘ kelib tushgan; 

·        15 aprel kunining o‘zida 1 milliard 300 million so‘mga yaqin mablag‘ tushgan;

·        AQSh dollaridagi hisob raqamda 45 363 dollar mavjud; 

·        Evrodagi hisob raqamda 10 000 yevro mavjud. 

Xarajatlar: 

·        Jami 6 milliard 600 million so‘mdan ko‘proq; 

·        Aprel oyida 2 milliard 830 million so‘mdan ortiqroq;

·        15 aprel sanasida 311 million so‘mdan ko‘proq mablag‘ sarflandi. 

Albatta, mablag‘lar aynan nimalarga sarflanmoqda degan savol ham tug‘iladi. Pullar quyidagi maqsadlarga yo‘naltirilmoqda

·        zarur dori vositalari uchun; 

·        kerakli tibbiyot asbob-uskunalari uchun;

·        Prezidentning 2020 yil 26 martdagi qaroriga muvofiq, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti xodimlarini maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish uchun; 

·        COVID-19 ga qarshi kurashish maqsadida tibbiyot xodimlari uchun zarur qo‘llanmalar tayyorlash uchun.

«Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondining hisob raqamlari:

·        20 212 840 9001 0173 4001 (AQSh dollarida)

·        20 212 978 0001 0173 4001 (Yevroda)

·        86 00 33 299 742 5800 - Uzcard (so‘mda)

·        986 00 1010 240 5858 – Humo Card

·        4084 16000 0316334 – Visa (AQSh dollari)

·        «Ipoteka-bank», Mehnat, MFO: 00 423, INN: 200 897 248.

·        Tel 71-245-34-05, 71-245-34-47, 71-245-38-59

Mavzuga oid
Top