07:13 / 16.04.2020
13330

Trampning JSST bo‘yicha qarori jahon bo‘ylab tanqid ostiga olinmoqda

AQSh prezidentining Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori dunyoning bir qator siyosiy arborlari hamda ommaviy axborot vositalari tomonidan tanqidga ostiga olindi.

Filippindagi holat. Foto: Jes Aznar / The New York Times

«Dunyo ahli koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda qanday qilib oldinga siljishni o‘ylayotgan bir vaqtda prezident Tramp qo‘shimcha zarba berdi», deb yozmoqda The New York Times. 

Mazkur nashr dunyo yetakchilari ham Trampning bu qarorini qoralaganiga e'tibor qaratgan.

Jumladan, BMT bosh kotibi Antonio Guterreshning ogohlantirishicha, JSST bugun inqirozning oldingi qatorida turibdi. Ayni shunday vaziyatda moliyaviy yordamni to‘xtatishning vaqti emas edi. «Fikrimcha, pandemiyani yengish uchun JSSTning qo‘llab-quvvatlanishi hozir juda muhimdir», degan u.

AQSh JSSTga yiliga 400 mln dollardan ziyod hissa qo‘shadigan eng yirik donor hisoblanardi.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Hayko Maas ham Donald Trampga nisbatan tanqidiy fikrlarini ochiq xat orqali ma'lum qilgan.

Xitoy tashqi ishlar vaziri ham AQShni JSST oldidagi majburiyatni bajarishga chaqirgan.

Afrika Ittifoqi raisi Muso Muhammad esa holatga o‘z munosabatini ikkita so‘z bilan ifoda etgan: «Chuqur taassuf!»

«Virus tarqalishiga qarshi sekin va samarasiz chora ko‘rgani uchun tanqidga uchragan janob Tramp JSSTni ayblashga o‘tdi», deb yozmoqda OAV. 

Mavzuga oid
Top