23:43 / 17.04.2020
13772

Avstraliya va Yangi Zelandiyaning koronavirusga qarshi kurashdagi muvaffaqiyati sabablari ma'lum qilindi

Avstraliya va Yangi Zelandiya fevral boshidanoq virus tarqalishini to‘xtatishga qaratilgan sa'y-harakatlarni boshlagan. Har ikki mamlakat chegaralarni yopish bo‘yicha zudlik bilan qaror qabul qilgan.

Avstraliya va Yangi Zelandiya boshqa mamlakatlar amalga oshirishga kech qolgan choralar sababli koronavirusga qarshi samarali kurashmoqda, deb yozadi Business Insider.

Qayd etilishicha, bu davlatlar qat'iy izolyatsiya bo‘yicha zudlik bilan qaror qabul qilgan, aholi qoidalarga og‘ishmay amal qilmoqda va keng miqyosda koronavirus testlari o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari, Yangi Zelandiya siyosiy qarorlar qabul qilishda ilmiy-ekspertlik ishlanmalaridan foydalanmoqda.

Avstraliya va Yangi Zelandiya fevral boshidanoq virus tarqalishini to‘xtatishga qaratilgan sa'y-harakatlarni boshlagan. Har ikki mamlakat chegaralarni yopish bo‘yicha zudlik bilan qaror qabul qilgan. 

Ekspertlarning ta'kidlashicha, ijtimoiy muloqotlarni cheklashga qaratilgan choralar ham alohida ahamiyatga ega. Ijtimoiy faollik darhol - ayrim yo‘nalishlarda odatdagi turmush tarziga nisbatan 90 foizdan ortiqqa pasaygan.

Bu davlatlar shuningdek, virus yuqtirganlarni kuzatish choralaridan ham keng foydalangan. Pandemiyaga qarshi kurashdagi muvaffaqiyatlarga qaramasdan, Avstraliya va Yangi Zelandiya karantin cheklovlarini bekor qilishga hali juda erta deb hisoblamoqda.

17 aprel holatiga Avstraliyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 6,5 mingta holat qayd etilgan, 60dan ortiq kishi vafot etgan. Yangi Zelandiyada koronavirus yuqtirganlar soni 1,4 mingtani tashkil etmoqda, 11 kishi vafot etgan.

Top