13:36 / 17.04.2020
9612

Namanganda 1200 o‘rinli karantin hududi va 150 o‘rinli shifoxona qurilishi boshlandi

Namangan viloyatining Pop tumanida maxsus karantin hududi va shifoxona qurilishi boshlandi.

Foto: Pop tumani hokimligi matbuot xizmati

«Koronavirus pandemiyasi ta'siridan odamlarni asrash va tezroq bu kasallikni bartaraf etish uchun mamlakatimizda barcha kuch va vositalar safarbar etilmoqda. Ushbu maqsadda Pop tumanining G‘urumsaroy qishlog‘ida boshlangan 1200 kishilik karantin zonasi hamda 150 kishilik maxsus shifoxona qurilishi jadal davom etmoqda», deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Umumiy maydoni 16,3 gektarni tashkil qiladigan ushbu kompleksda shifokorlarga alohida xona, jarrohlik, jonlantirish bo‘limlari, muolaja xonalari, tibbiyot bo‘limlaridan tashqari karantin hududiga keltirilganlardan shu yerning o‘zida tahlil olish uchun laboratoriya, dorixona, oshxona, kir yuvish bo‘limi, utilizatsiya bo‘yicha alohida joy ham qurilmoqda.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Ventilyatsiya, tibbiy kislorod yetkazib berish, kommunikatsiya tizimlari zamonaviy tarzda jihozlanadi.

Foto: «Daryo»

Qurilish maydoniga elektr energiyasi, gaz, suv tarmoqlari tortish bo‘yicha ham ishlar yuqori sur'atda tashkil etilgan.

Foto: «Daryo»

1200 kishilik karantin zonasi maxsus jihozlangan konteynerlardan tashkil topadi. 150 kishilik shifoxona esa yengil konstruksiyalar asosida barpo etiladi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati
Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati
Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top