09:22 / 17.04.2020
64317

Oliy ta'lim vazirligi o‘quv yili 1 iyulgacha yakunlanishi haqidagi xabarlarga aniqlik kiritdi

O‘quv yilining bahorgi semestri joriy yil 1 iyul kuniga qadar to‘liq yakunlanishi haqida xabarlar tarqaldi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

Ijtimoiy tarmoqlarda oliy ta'lim muassasalarida 2019/2020-o‘quv yilining bahorgi semestri joriy yilning 1 iyul kuniga qadar to‘liq yakunlanishi haqida navbatdagi noto‘g‘ri xabarlar tarqatilmoqda, deb xabar berdi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi. 

Bildirilishicha, oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalaridagi o‘quv jarayoniga kiritiladigan o‘zgarishlar haqida vazirlik o‘z rasmiy sahifalari va OAV orqali rasmiy ma'lumot e'lon qiladi. 

Shu sabab talaba-yoshlar va ularning ota-onalariga hamda keng jamoatchilikka oliy va o‘rta maxsus ta'lim tizimiga oid ma'lumotlar bilan vazirlikning rasmiy sayti va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tanishib borish tavsiya qilingan.

“Talabalar va o‘quvchilardan esa diqqat-eʼtiborlarini karantin qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda salomatliklarini saqlash va masofadan ta'lim olish bo‘yicha vazirlik tomonidan yaratilgan resurslardan unumli foydalanib, o‘z ustida ishlashga qaratishlarini so‘raymiz”, - deyiladi ma'lumotda. 

Mavzuga oid
Top