11:03 / 18.04.2020
13613

To‘rtko‘lda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti filiali tashkil qilinishi mumkin 

To‘rtko‘lda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining filialini tashkil qilish taklif etildi

Foto: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida To‘rtko‘l tumanida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining filialini tashkil qilish haqida petitsiya joylashtirildi.

Murojaat muallifi To‘rtko‘l tumanidagi Bank kolleji bazasida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining filialini ochishni taklif qilingan.

“Mazkur kollejda 1996-2019 yillar davomida farzandlarimiz “Bank kollej”larini tugatib, bank sohasi bo‘yicha o‘rta-maxsus diplomga ega bo‘ldilar va bugungi kunda iqtisodiyotimizning barcha sohalarida samarali mehnat qilmoqdalar. 

Bu davrda kollej binosida tayanch guruh sifatida qo‘shimcha ravishda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining ikkinchi mutaxassislik tayyorlash bo‘yicha oliy o‘quv yurtini sirtdan o‘qish uchun sharoitlar yaratilib, 900 dan ziyod oliy ma'lumotli mutaxassislar qayta tayyorlanib, sirtdan o‘qib oliy ma'lumot beruvchi diplomlarga ega bo‘lganlar”, - deyiladi petitsiyada.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, To‘rtko‘l tumanida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining filialini tashkil etish taklif qilingan.

Top