16:40 / 19.04.2020
40652

Respublika perinatal markazi karantinga yopildi

16 aprel kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi Respublika perinatal markazida (SamPI) homilador ayollardan birida koronavirus aniqlangan va markaz karantinga yopilgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Habibulla Oqilov ma'lum qildi.

AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma'lum qilinishicha, ushbu ayol maxsus ajratilgan 3-tug‘ruqxona binosiga o‘tkazilgan va markaz karantin uchun yopilgan.

Xodimlar va boshqa bemorlarni tahlil qilishda koronavirus aniqlanmagan va markazni ochish masalasi karantin qoidalariga muvofiq hal etilishi belgilangan.

Brifingda vazirlik vakili ayni paytgacha O‘zbekistonda 100 mingdan ortiq kishi koronavirus bo‘yicha test qilingani, yaqin vaqtlar ichida ushbu raqamlar yarim millionga yetkazilishi rejalashtirilgani ham ma'lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi 6-sonli tug‘ruqxona karantinga yopilgan edi. Shuningdek, Toshkentdagi 7-shahar klinik shifoxonasi va 8-oilaviy poliklinika ham karantinga olingan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top