15:00 / 21.04.2020
3211

FEIMA brendi muhtojlarga beg‘araz ko‘mak bermoqda

Xorijiy kompaniyalarning ezgu harakatlari ularning murakkab kunlarda yurtdoshlarimiz bilan hamjihat ekanliklarining o‘ziga xos ramzidir.

Foto: FEIMA

Koronavirus tufayli karantin kunlarida xayriya ishlari har qachongidan kengroq ko‘lamda olib borilmoqda. Davlat, xalqimiz, tadbirkorlar – umuman saxovat egalari birlashib, muhtojlarning bu murakkab sinovdan o‘tishlari uchun tirgak bo‘lishyapti.

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan va xorijiy davlatlarda ham mashhur bo‘layotgan brendlar bu jarayonga o‘z hissalarini qo‘shayotganlari juda quvonarli. Sababi, bu ezgu harakat ularning mamlakatimizga faqat biznes yuritish va daromad olish maqsadida kirmaganliklari, murakkab kunlarda ham biz bilan hamjihat ekanliklarining o‘ziga xos ramzidir.

«Fangshun Engineering» XK MChJ tashkiloti tomonidan FEIMA brendi ostida ishlab chiqariluvchi elektromopedlar mijozlarga yaxshi tanish. Tashkilot bugungi kunda xayriya aksiyalariga bosh qo‘shib, bu jarayonlarni amalga oshiruvchi Yagona muvofiqlashtirish markaziga 432 qutida «Kippers» tagliklari va 420 ta qutida bolalar ozuqasi yetkazib berdi.

Bu mahsulotlar yosh bolali oilalarga sinovli kunlarda asqotishi, ko‘pchilik xonadonlarning zaruratini qondirishi shubhasiz.

Xayrli ishlar izsiz yo‘qolmaydi, ular yordam kutayotganlar uchun umid uchqunidir.

Yordam ko‘rsatayotgan har bir tashkilot kabi «Fangshun Engineering» XK ham sinovlarni boshdan kechirayotganlarga nafaqat moddiy ko‘mak, balki ishonch va shodlik ulasha olgani quvonarli.

Saxiy tashkilotlar safi kengayaversin!

Manzil: Yakkasaroy tumani, Sh.Rashidov ko‘chasi, 40-uy

Email: info@feima.uz

Sayt: www.feima.uz

Instagram: @feima.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top