09:11 / 22.04.2020
8490

Tanishini 41 000 dollarga «uxlatgan» shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

2020 yilning 13 aprel kuni Termiz shahrida istiqomat qiluvchi S.D. ismli ayol Termiz shahar IIBga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati.

U 2018 yil dekabr oyida, yaqindan tanish bo‘lgan, Termiz shahrida yashovchi S.Ch. o‘zining ishonchiga kirib, shahar hududida yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatidagi savdo do‘konlardan birini olib berishni va'da qilib, 41 000 AQSh dollarini olib, o‘zlashtirib ketganligini bildirgan. 

16 aprel kuni S.Ch.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismining “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top