00:17 / 24.04.2020
6893

«ShoxMed» xususiy klinikasining faqat bitta filiali karantinga yopilgani ma'lum qilindi

Foto: Clinics.uz

23 aprel kuni Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda Toshkentdagi «Shoxmed» xususiy klinikasi ham karantinga yopilgani haqida ma'lumot berilgan edi.

Nurmat Otabekovning aniqlik kiritishicha, bir nechta filiallardan iborat «Shoxmed» klinikasining Yakkasaroy tuman, Kichik xalqa yo‘li 70 A (mo‘ljal – Aeroport) filialiga karantinda o‘tirishi lozim bo‘lgan shaxs tashrif buyurgani sababli klinikaning 22 kishi faoliyat yuritadigan mazkur filiali karantinga yopilgan.

Qolgan filiallar (Oybek ko‘chasidagi «Shox Med Center» va Chilonzor tumani, Maqsud Shayxzoda ko‘chasidagi «Zdorovaya semya» filiallari) faoliyatini davom ettirmoqda.

Mavzuga oid
Top