10:27 / 27.04.2020
11442

Namanganda Malibu-2 mashinasini ochiq qoldirgan toshkentlik mehmonning pullarini o‘g‘irlashdi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Illyustrativ foto

 Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashovchi fuqaro G‘.P. 2020 yil 6 mart kuni Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

U shu kuni soat 12:30da Namangan shahar A.Rahimov ko‘chasida o‘ziga tegishli bo‘lgan Malibu-2 rusumli avtomashinasini ochiq holatda qoldirib ketganligidan foydalanib, noma'lum shaxs avtomashina salonidagi narxi 300 000 so‘mlik Samsung rusumli uyali telefoni apparati va jami 5 200 AQSh dollari pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.

Holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB 2-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari natijasida, mazkur jinoyatni Namangan tumanida yashovchi 28 yoshli K.R. sodir etganligi aniqlangan. Dastlabki tergov jarayonida K.R. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, undan 4 000 AQSh dollari, 405 000 so‘m pullar va Samsung rusumli uyali aloqa vositasi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Top