12:43 / 27.04.2020
114328

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni ma'lum qilindi

O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2020 yil 1 aprel holatiga ko‘ra 34,03 mln kishini tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, yil boshidan doimiy aholi soni 131,6 ming kishiga yoki 0,4 foizga o‘sdi.

Respublika hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2020 yil 1 aprel holatiga ko‘ra hududlarning respublika jami aholisi sonidagi ulushi bo‘yicha eng ko‘p ko‘rsatkich Samarqand viloyatida 11,4 foizni tashkil etib, keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyatida 11,1 foizni, Qashqadaryo viloyatida 9,7 foizni va Andijon viloyatida 9,2 foizni tashkil etgan.

Dastlabki ma'lumotlarga asosan, 2020 yil 1 aprel holatiga ko‘ra respublika doimiy aholisi sonining 30,8 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 58,7 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,5 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Mavzuga oid
Top