09:18 / 30.04.2020
8933

Avtomashinani olib qochib, undagi narsalarni talon-toroj qilgan shaxslar ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Foto: Tergov departamenti

2020 yilning 24 aprel kuni 32 yoshli I.X. Chirchiq shahar IIBga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

U joriy yilning 23 aprel kunidan 24 aprel kuniga o‘tar kechasi soat taxminan 02:00larda Chirchiq shahar Zakovat ko‘chasidagi avtoturargohdan noma'lum shaxslar “VAZ-11193 Lada Kalina” rusumli avtomashinasini olib qochib ketganligini ma'lum qilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida mazkur avtomashina Chirchiq shahar Oqqovoq qo‘rg‘onidan oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanali yonidan talon-toroj qilingan holatda topilgan hamda ushbu jinoyatni 29 yoshli M.Z., 21 yoshli E.B. va 23 yoshli D.N. sodir etganligi aniqlangan.

Tezkor tadbir natijasida M.Z.ning yashash xonadonidan olib qochilgan avtomashinaga tegishli bo‘lgan 4 dona shina, tom qismidagi yuk tashish uchun mo‘ljallangan yukko‘targich, orqa yukxonasiga o‘rnatilgan gaz balon, avtomashina orqa va old chiroqlari, E.B.ning yashash xonadonidan esa avtomashina yukxonasida bo‘lgan 1 dona “perfarator” qurilish uskunasi va avtomashina magnitafoni topilib, o‘rnatilgan tartibda ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.   

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov jarayonida M.Z., E.B. va D.N. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Mavzuga oid
Top