17:08 / 30.04.2020
8785

Greta Tunberg bolalarni koronavirusdan himoyalashga 100 ming dollar xayriya qildi

Shvetsiyalik ekologiya faoli Greta Tunberg bolalarni koronavirusdan himoya qilish ishlari uchun YUNISEF jamg‘armasiga 100 ming dollar ajratdi, deb xabar bermoqda Yevropa OAV.

Foto: AFP/Getty Images

Bu mablag‘ Tunbergning shu yilning fevralida tashkil etilgan jamg‘armasiga Daniyadagi Human Act nodavlat tashkiloti tomonidan o‘tkazilgandi.

17 yoshli Gretaning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi "bolalar huquqlariga rioya qilinishi borasida xuddi iqlim inqirozi kabi inqiroz" bo‘ldi.

"Men barchani YUNISEFning bolalarni qutqarish, ularning sog‘ligini himoya qilish kabi muhim ishlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman", - dedi Tunberg.

Eslatib o‘tamiz, Greta Tunberg 2019 yilda Time jurnali tomonidan jahonda «Yil odami» sifatida tan olingan edi. Bundan tashqari, shvetsiyalik qiz Time jurnali tuzgan 1920 yildan keyingi davrda tarix silsilasiga sezilarli ta'sir ko‘rsatgan 100 nafar xotin-qizlar ro‘yxatiga ham kiritilgandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top