19:00 / 01.05.2020
36644

Allplay O‘zbekistonda yangi xalqaro telekanallarni ishga tushirdi

2020 yil 25 apreldan boshlab Allplay kompaniyasi dunyodagi mashhur telekanallarni namoyish etish huquqini O‘zbekiston Respublikasidagi birinchi telekanallarning qonuniy retranslyatori bo‘lgan Metrotelecom bilan shartnoma imzoladi. Allplay va Metrotelecom kompaniyalari O‘zbekiston Respublikasining media bozorini rivojlantirishda yaqindan hamkorlik qilib, yakuniy iste'molchiga taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yangi darajaga olib chiqmoqdalar.

Yangi hamkorlik tufayli Respublikamiz aholisi yana o‘zlarining sevimli telekanallarini yuqori sifatli HD formatda va mashhur Allplay platformasida tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Allplay.uz – bu Tas-IX tarmog‘idagi filmlarni, teleko‘rsatuvlarni va onlayn televizorlarni tomosha qilish xizmati. Kompaniya 120 ta xalqaro va mahalliy televizion kanallarni taqdim etadi, shundan 49 tasi yangi platformada namoyish etilgan:

Nickelodeon, NickToons, Nick Junior, Eurosport, Viasat Explorer, Viasat History, Viasat Nature, Kinopremera, Kinoxit, TV Kuxnya, Match Premer, Paramount Channel, Animal Planet, Spike, Discovery, Discovery Science va boshqalar.

Allplay ilovasi qulay va oson navigatsiya bilan ta'minlangan. Istalgan foydalanuvchi menyuda osongina harakat qilishi, mavzu bo‘yicha telekanallarni tanlashi, shuningdek tanlangan kanallarning shaxsiy pleylistini yaratish mumkin.

Telekanallarga kirish uchun to‘lov tizimlari yordamida Allplay ID orqali hisobingizni to‘ldirishingiz zarur, so‘ngra profilingizga o‘ting va Online TV Premium'ga obuna bo‘ling.

Mashhur filmlarni va sevimli televizion kanallarni brauzerda Allplay.uz veb-saytida yoki Allplay ilovasida smartfon, aqlli televizor, planshetda tomosha qiling. Ilova Android, iOS, Tizen va webOS platformalarida ishlab chiqilgan.

Yakun sifatida: retranslatsiya qilinadigan barcha kanallar vakolatli davlat organlari tomonidan tasdiqlangan va litsenziyalangan, ularga Metrotelecom™ va Allplay o‘z minnatdorchiliklarini bildirishadi.

Reklama huquqi asosida

Top