09:12 / 01.05.2020
7572

Braziliya prezidenti koronavirusga topshirgan testlari natijalarini oshkor qilishga majburlab qo‘yildi

Braziliya sudi prezident Jair Bolsonaru avval koronavirusga topshirgan testlari natijalarini 48 soat ichida oshkor qilishi kerakligi haqida hukm chiqardi.

Foto: REUTERS, Adriano Machado

Bu haqda G1 portali xabar berdi. Sud qarorida hukmning har bajarilmagan kuni uchun 5 ming real (911 dollar) miqdorida jarima ko‘zda tutilgan bo‘lib, u San-Paulu shtati rasmiy byulletenidagi arznomaga javoban chiqarilgan. 

San-Paulu shtati sudyasi Ana Lusiya Petri Betti gap prezident topshirgan barcha testlar haqida borayotganini ta'kidlab o‘tgan. 

Bolsonaru mart oyida AQShga delegatsiya hamrohligida tashrif buyurgan. Ushbu delegatsiyaning 20 dan ko‘proq a'zosi koronavirusga chalingan. Shundan keyin prezident bir nechta testlar topshirgan. Bolsonaru koronavirusga chalinganini rad etib kelgan va uning so‘zlari “qandaydir bir qog‘ozdan” ko‘proq narsani bildirishini aytgan.

Agar o‘zini izolyatsiya qilishga rioya qilmagan va o‘z tarafdorlari bilan faol muloqotda bo‘lgan prezidentning testlari unda koronavirus borligini ko‘rsatgan bo‘lsa, Bolsonaru impichment e'lon qilishga yetarli bo‘ladigan javobgarlikka tortilishi mumkin.

Ayni vaqtda Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni 87 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda, undan 6 mingdan ko‘proq kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top