08:14 / 02.05.2020
5722

Innovatsion rivojlanish vazirining maslahatchisi tayinlandi

SmartChain mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari Bobur Rahimov O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirining Raqamlashtirish va axborot texnologiyalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi

B.Rahimov vazirlikda raqamli texnologiyalarni joriy qilish, bo‘linma va vazirlik tizimidagi tashkilotlarning ish jarayonida axborot texnologiyalarini qo‘llash asosida ularning faoliyati samaradorligi va shaffofligini oshirish maqsadida faoliyat yuritadi.

B.Rahimov o‘zi ishlab chiqqan NazzAR platforma asosida yaratilgan «Smart-muzey» loyihasi O‘zbekiston prezidentining 2019 yil yanvar oyida Samarqandga qilgan tashrifida namoyish etilib, loyihalar ma'qullanib, barcha tarixiy meros obektlari va muzeylarga joriy etish tavsiyasi berildi.

Samarqanddagi Amir Temur maqbarasi misolida Markaziy Osiyodagi birinchi Smart-muzey yaratildi va 2019 yil aprel oyida Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning mamlakat prezidenti bilan birgalikda Samarqandga kelganlarida muallif tomonidan namoyish etildi.

Bobur Rahimov InnoWeek-2018 xalqaro ko‘rgazmasi «Eng yaxshi innovatsion loyiha» nominatsiyasi, InnoWeek-2019 xalqaro ko‘rgazmasi «Aqlli turizm» nominatsiyasi, Kelajak ovozi» 2013 yil respublika tanlovi g‘olibi, shuningdek 2016 yilda World Science UAE jurnalining innovatsion-ilmiy-tadqiqoti hamda hozirgi jahon fani va ilmiga qo‘shgan hissasi uchun diplomantidir. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020 yilda o‘tkazilgan StartUp loyihalari konkursi g‘olibi.

Top