09:00 / 04.05.2020
4339

«Kafolat sug‘urta kompaniyasi» AJ: 27-29 aprel kunlari sodir bo‘lgan tabiiy ofatlar bo‘yicha mijozlarimizga tezkor yordam berilmoqda

Barchamizga ma'lumki, 27-29 aprel kunlari Respublikamiz hududiga kirib kelgan kuchli shamol va yomg‘ir natijasida mintaqamizning turli hududlari jumladan, Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida aholi turar-joylari, tadbirkorlar va qishloq xo‘jalik sub'yektlariga tegishli bino-inshootlar, issiqxonalar va ekin maydonlariga katta zarar yetgan.

«Kafolat sug‘urta kompaniyasi» AJning respublikamizning barcha viloyatlaridagi mavjud filiallarida mazkur holatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha yetkazilgan zararni aniqlash va sug‘urta qoplamalarini to‘lab berish masalalari bo‘yicha zudlik bilan ishchi guruhlar tashkil etilgan bo‘lib, mazkur ishchi guruhlar tomonidan bugungi kunga qadar 36ta sug‘urta himoyasiga olingan obektlar aniqlangan bo‘lib, ularga 57,4 mln so‘m sug‘urta qoplamalari to‘lab berildi.

Shu kunlarda ham yuqoridagi holatlar bo‘yicha sug‘urta qoplamalarini to‘lab berish bilan bog‘liq ishlar davom ettirilmoqda.

Bundan tashqari «Kafolat sug‘urta kompaniyasi» AJ Boshqaruvi raisi tabiiy ofatlardan eng ko‘p zarar ko‘rgan hudud ya'ni, Buxoro viloyatida bo‘lib, talofot natijasida zarar ko‘rgan fuqarolarimizga sug‘urta qoplamalarini to‘lab berilish ishlarida shaxsan qatnashmoqda.

«Kafolat sug‘urta kompaniyasi» AJ ning har doim birinchi navbatdagi asosiy maqsadi qiyin vaziyatlarda sug‘urta himoyasiga olingan o‘z mijozlariga tezkorlik bilan amaliy yordam berish bo‘lib kelgan.

«Kafolat sug‘urta kompaniyasi» AJ shu o‘rinda barcha aholi va tadbirkorlarimizga doimiy ravishda sug‘urta himoyasida bo‘lishni tavsiya etadi.

«Kafolat sug‘urta kompaniyasi» AJ Axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Top