15:28 / 06.05.2020
5209

Avstriya aeroportida turistlarga koronavirusga testdan o‘tish taklif qilinmoqda

Aeroport ma'muriyatining fikricha, yangi xizmatga Venadan xalqaro yo‘nalishlarda parvoz qiladigan yo‘lovchilarda ham talab katta bo‘ladi.

Vena aeroportida koronavirusga testdan o‘tkazish bo‘yicha pullik servis ishga tushdi. 31 mayga qadar Avstriyaga kelayotgan har bir yo‘lovchida koronavirusga testdan o‘tgani to‘g‘risida ko‘pi bilan to‘rt kun oldin olingan ma'lumotnoma  bo‘lishi yoki 14 kunlik majburiy karantinga yo‘l olishi kerak bo‘ladi.

Bunday ma'lumotnomaga ega bo‘lmaganlar va karantinga jo‘nashni xohlamaydiganlar uchun esa aeroportda ekspress-testdan o‘tish taklif qilinmoqda. Xizmat narxi 190 yevro turadi.

Natija ikki-uch soatda chiqishi aytilmoqda.

Aeroport ma'muriyatining fikricha, yangi xizmatga Venadan xalqaro yo‘nalishlarda parvoz qiladigan yo‘lovchilarda ham talab katta bo‘ladi. Hozirda aeroportdan Doha, Dortmund, Dyusseldorf, Frankfurt, Hamburg, Lissabon, Minsk va Sofiyaga muntazam reyslar amalga oshirilmoqda.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Avstriyada koronavirusga chalinganlar soni 15,6 mingdan oshgan, 608 kishi vafot etgan.

Mavzuga oid
Top