09:20 / 06.05.2020
7165

Buxoroda 84 mln so‘mlik chinni idishlarni o‘g‘irlaganlar qo‘lga olindi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: IIB axborot xizmati

Joriy yilning 3 may kuni Buxoro shahar IIO FMBga Buxoro tumanida yashovchi fuqaro H.L. ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati

U mart oyi o‘rtalaridan 2 may kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida no'malum shaxs uning Buxoro shahar Sanoatchilar ko‘chasida joylashgan chinni idishlar saqlanadigan omborxonasiga kirish darvozasini kalit tanlash yo‘li bilan ochgan holatda g‘ayriqonuniy ravishda kirib, u yerdan jami bahosi 84 843 000 so‘mlik turli xildagi chinni idishlarni yashirin ravishda talon-taroj qilganligini bildirgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahridagi omborxonada yuk tushiruvchi bo‘lib ishlovchilar, Buxoro shahrida yashovchilar 1996 yilda tug‘ilgan H.L. va 1997 yilda tug‘ilgan A.X. o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib sodir qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Top