11:57 / 07.05.2020
45650

Turkmaniston O‘zbekistonga toshqin oqibatlarini bartaraf etishda yordam taklif qildi

Turkmaniston tomoni zarar ko‘rgan hududlarga kerakli yordam ko‘rsatishga, u yerga uskunalar, ishchilarni yuborishga va infratuzilmani tiklashda ko‘mak taqdim etishga tayyorligi bildirildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot chog‘ida Sardoba suv omboridagi to‘g‘onning o‘pirilishi natijasida yuz bergan suv toshqinidan jabr ko‘rgan Sirdaryo viloyati tumanlarini tiklashda yordam berishni taklif qildi. Bu haqda TDH xabar bermoqda.

«Yaqinda qo‘shni mamlakatning bir qator shaharlari va aholi punktlariga katta zarar yetkazgan tabiiy ofat munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga dalda so‘zlarini izhor etgan prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston tomoni zarar ko‘rgan hududlarga kerakli yordam ko‘rsatishga, u yerga uskunalar, ishchilar yuborishga va infratuzilmani tiklashda ko‘mak taqdim etishga tayyorligini ta'kidladi», - deyiladi axborot agentligi xabarida.

Turkmaniston rahbari mamlakatning tegishli idoralari o‘zbekistonlik hamkasblari bilan bog‘lanishga, o‘zaro hamkorlikning tezkor kanallarini yaratishga va tabiiy ofat oqibatlarini tezda bartaraf etish uchun tegishli ish sxemalarini ishlab chiqishga tayyorligini qayd etdi.

Mavzu
Sardobada suv toshqini
1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshib chiqdi.
Barchasi
Top