14:09 / 08.05.2020
27809

HUMO bank plastik kartalari faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda va ayrim internet nashrlarda HUMO bank plastik kartalari faoliyati uzilishlar kuzatilayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, 7 may kunidan HUMO bank plastik kartalaridan foydalanishda muammolar boshlangan.

HUMO plastik kartalari orqali kartadan kartaga pul o‘tkazish, naqd pul yechish, shuningdek savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida to‘lov terminallari orqali to‘lovlarni amalga oshirib bo‘lmayapti.

Kun.uz tahririyati Milliy banklararo protsessing markazi, HUMO to‘lov tizimi vakillari bilan bog‘landi. Markaz vakillaridan biri haqiqatan ham shunday texnik muammolar yuz berganini ta'kidlashdi va qisqa fursatlarda buning sabablariga oid batafsil axborot berilishini ma'lum qilishdi.

Mavzuga oid
Top