17:50 / 08.05.2020
112848

Toshkent viloyati shahar va tumanlari bo‘yicha «yashil», «qizil» va «sariq» hududlar belgilandi

«Qizil» hududlar ro‘yxatidan Yangiyo‘l shahri, Oqqo‘rg‘on tumani, Zangiota tumani, Parkent tumani, Yangiyo‘l tumani joy oldi.

Toshkent viloyati shahar va tumanlari bo‘yicha yashil, qizil va sariq hududlar belgilandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, «qizil» (oxirgi 14 kun ichida koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlangan) hududlar ro‘yxatidan Yangiyo‘l shahri, Oqqo‘rg‘on tumani, Zangiota tumani, Parkent tumani, Yangiyo‘l tumani joy oldi.

«Sariq» (oxirgi 14 kun davomida koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlanmagan, biroq ushbu kasallikka chalingan va davolanayotgan shaxslar mavjud bo‘lgan) hududlar: Angren shahri, Chirchiq shahri, Bekobod tumani, Qibray tumani, Quyi Chirchiq tumani, O‘rta Chirchiq tumani, Chinoz tumani, Yuqori Chirchiq tumani, Toshkent tumani.

«Yashil» (koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlanmagan yoki aniqlangan shaxslar to‘liq sog‘aygan) hududlar: Olmaliq shahar, Ohangaron shahar, Bekobod shahri, Nurafshon shahri, Ohangaron tumani, Bo‘stonliq tumani, Bo‘ka tumani, Piskent tumani.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top