10:32 / 08.05.2020
25938

Toshkentda jinoyatchi tomonidan og‘zi, qo‘li va oyoqlari bog‘lab qo‘yilgan ayol qutqarildi

Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 5 may kuni soat 20:15larda Mirzo Ulug‘bek tumani, 2-sonli IIBning navbatchilik qismiga fuqaro D.P. murojaat qilgan, deb xabar bermoqda IIV axborot xizmati.

U Mirzo Ulug‘bek tumani, Ts-1 mavzesida yashovchi A.X. xonadonidan shubhali shovqin-suronli ovozlar eshitilayotganligi haqida xabar bergan.

Yuqoridagi holat yuzasidan zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan Toshkent shahar IIBB PPX brigadasi 1-batalon, 1-otryadi xodimlari safdorlar Sh.Tohirov va S.Komolovlar jabrlangan fuqaro yashovchi uyning kirish-chiqish yo‘lagidan yugurib chiqib, xodimlarni ko‘rib voqea joyidan yashirinishga harakat qilgan shaxsni ushlaganlar. 

Foto: IIV axborot xizmati

Tuman 2-sonli IIB Jinoyat qidiruv bo‘limida uning shaxsiga oydinlik kiritilganda, u Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Peshqadam ko‘chasida yashovchi Ya.A. ekanligi hamda muqaddam Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilganligi aniqlangan. 

Xodimlar yuqorida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha uyga kirishganda, u yerda yashovchi X.M. og‘zi, qo‘li va oyoqlari skotch bilan bog‘langan holda tanasi va yuzidagi turli jarohatlar bilan topilgan va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top