15:54 / 09.05.2020
23283

Toshkent shahrida 13 nafar bemor tuzaldi

Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1803 nafarga yetdi.

Poytaxtdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 1 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 6 nafar hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 6 nafar, jami 13 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiya kuzatildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalgan 27 yoshli erkak Qoraqalpog‘iston Respublikasidan bo‘lib, Qozog‘iston orqali yurtimizga kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. 

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 4 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, 1 nafari Rossiyadan, 2 nafari Qozog‘istondan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahridan 2 nafar, Qozog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent va Namangan viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlar orasida eng yoshi kattasi 43 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 18 yoshda. 

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida shifo topganlarning barchasi Toshkent shahridan bo‘lib, 2 nafari Rossiyadan, 1 nafari esa Turkiyadan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 4 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 45 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 18 yoshda.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 548 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 561 nafarga yetdi. 

Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1803 nafarga yetdi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top