12:19 / 10.05.2020
13259

Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni mingdan oshdi 

Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni mingdan oshdi. Ayni vaqtda bemorlar soni 1002 nafarni tashkil qilmoqda.

Foto: 24.kg

Bu haqda respublikaning koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha shtabida ma'lum qilindi.

Mamlakatda 10 may holatiga ko‘ra, 71 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan. Bemorlardan 55 nafari yaqinda Rossiyaning Sol-Iletsk shahridan qaytgan 55 qirg‘izistonlik.

Yangi kasallanish holatlaridan keyin respublikada virusga chalinganlarning umumiy soni 1002 nafarga yetdi. Virusdan vafot etganlar 12 kishini tashkil qilmoqda. 675 nafar bemor shifo topib ketgan. 

Qirg‘izistonda koronavirus epidemiyasi sababli favqulodda vaziyat amal qilmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top