07:40 / 11.05.2020
9839

Boysunda boshqaruvni yo‘qotgan haydovchi YTH natijasida qurbon bo‘ldi

Hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Joriy yilning 9 may kuni soat 03:20larda Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, “Shifobuloq” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1322-km.da yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1974 y.t. F.J. “Toshkent-Termiz” yo‘nalishi bo‘ylab “Kamaz” rusumli yuk transport vositasida harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning o‘ng tomonidagi beton to‘siqqa urilgan va yo‘ldan chiqib ketib yo‘l transport hodisasi sodir etgan. 

Natijada, haydovchi 46 yoshli F.J. og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Boysun tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Barcha yo‘l harakati ishtirokchilaridan yo‘llarda harakatlanganda ehtiyotkor bo‘lishlarini, “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishlarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda. 

Top