23:37 / 11.05.2020
7151

Fransuzlar qayta izolyatsiyaga tayyor turishga chaqirildi

Dushanba kuni Fransiya konstitutsion sudi mamlakatning qator cheklovlar saqlangan holda izolyatsiyadan chiqishi to‘g‘risidagi qonunni tasdiqladi.  

Foto: AFP / Mehdi Taamallah

Fransiyada koronavirus tarqalishi sababli joriy etilgan izolyatsiya rejimidan chiqish strategiyasi koordinatori  Jan Kasteks aholini qaytadan ommaviy izolyatsiyaga tayyor turish haqida ogohlantirdi.

"Favqulodda qayta izolyatsiya ko‘zda tutilishi shart", - deb yozdi Kasteks mamlakatda cheklovlar yumshatilishining dastlabki kunida.  

U nooziq-ovqat do‘konlarining ochilishi, ayrim korxonalar, kutubxonalar, kichik muzeylarning faoliyat boshlashiga cheklovlarni qaytarishni, jamoat transportida himoya niqoblarini taqish majburiyligini ta'minlashga chaqirdi.

"Vaksina yoki davolash usuli yaqin muddatlarda bo‘lmas ekan, Fransiya aholisi epidemiya qaytarilishi oldida ojiz qoladi", - dedi Kasteks.

Dushanba kuni Fransiya konstitutsion sudi mamlakatning qator cheklovlar saqlangan holda izolyatsiyadan chiqishi to‘g‘risidagi qonunni tasdiqladi.  

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, Fransiyada oxirgi sutkada 263 bemor vafot etgan (bir kun avval 70 kishi), jami o‘limlar soni 26,6 mingdan oshgan. Bir kun ichida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 456ta yangi holat aniqlangan, 140 mingga yaqin kishi koronavirus yuqtirgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top