10:23 / 13.05.2020
65220

Navoiy viloyatida sel kuzatildi

O‘z vaqtida ko‘rilgan tezkor choralar natijasida fuqarolarning hayoti saqlab qolindi.

Joriy yilning 13 may kuni taxminan soat 02:30 dan 04:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Navoiy viloyati Zarafshon shahrida kuchli yog‘ingarchilik sababli sel kelishi kuzatilgan. 

Birlamchi ma'lumotlarga ko‘ra, sel oqibatida 4 xonadon qisman zarar ko‘rgan. 

Vaziyat yuzasidan Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 9 ta texnikasi va 70 nafar shaxsiy tarkibi zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, 300 nafar fuqaroni xavfsiz hududga evakuatsiya qildi. 

O‘z vaqtida ko‘rilgan tezkor choralar natijasida fuqarolarning hayoti saqlab qolindi, deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida. 

Mavzuga oid
Top