10:22 / 14.05.2020
37073

Bo‘stonliqda kuchli yomg‘ir va sel kuzatildi

Sel kelishi oqibatida aholi orasida tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.

Joriy yilning 13 may kuni soat 17:15 dan 21:30 ga qadar Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani tog‘ oldi hududlarida kuchli yomg‘ir va sel kelishi kuzatildi. 

Viloyat hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, natijada tumandagi «Qoramozor» MFY hududidagi ichki yo‘lida sel kelishi, «Parkent kanali» PK-54 qismiga suv to‘planib toshishi, «Dumaloq», «Tovoqsoy», «Xondayliq», «Iskandar», «Qo‘shqo‘rg‘on» MFY ichki ko‘chalari va bir nechta aholi xonadonlariga yog‘ingarchilik suvlari to‘planishi kuzatildi. 

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Bildirilishicha, sel kelishi vaqtida bartaraf etilgan. Aholi xavfsizligini ta'minlash va himoya tadbirlari maqsadida jami 189 nafar ishchi xodim, 26 ta muhandislik texnikalari jalb etildi. Viloyat FVB tomonidan 14 ta maxsus texnika va 44 ta qutqaruvchi jalb etilgan. 

Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Sel kelishi oqibatida aholi orasida tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Mavzuga oid
Top