17:00 / 14.05.2020
11362

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida masofaviy ta'lim asosida yangicha yondashuv

Koronovirus pandemiyasi davrida barcha ta'lim muassasalarida o‘qishlar masofaviy tarzda tashkil etilishi belgilangandan so‘ng, talabalarga zaruriy bilim va ko‘nikmalarni o‘z vaqtida berish maqsadida Samarqand iqtisodiyot va servis institutida ham Vazirlikning tegishli buyrug‘ida belgilangan talablar asosida masofaviy ta'lim bo‘yicha o‘quv jarayoni yo‘lga qo‘yildi.

Binobarin, institutda 2019/2020 o‘quv yilining 2-semestridagi jami 187 ta fan bo‘yicha Moodle LMS tizimiga barcha fanlardan elektron resurslar joylandi.

Joriy yilda institutning bakalavriat, magistratura, sirtqi ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha jami 600 dan ortiq talabalar bitirishi rejalashtirilgan. Institut talabalarining yakuniy nazorat, davlat attestatsiyasi komissiyasini tashkil etish hamda magistrlik dissertatsiya jarayonlarini ham sifatli o‘tkazish bo‘yicha masofaviy Moodle LMS tizimi va ZOOM platformasi orqali tashkil etish buyicha barcha zaruriy choralar ko‘rilgan.

Institutimiz talabalariga qo‘laylik yaratish maqsadida Moodle LMS tizimidagi yuzaga keladigan savol va muammolarni bartaraf qilishga qaratilgan «MoodleSamISI» telegram guruhi o‘z faoliyatini olib bormoqda. Bu guruhda talabalar tomonidan keladigan savollarga institut mutaxassis - xodimlari va professor - o‘qituvchilar tomonidan tezkor tarzda shu vaqtning o‘zida javob berilib, muammolar bartaraf etilmoqda. Institutimizning rasmiy sayti http://sies.uz va turli ijtimoiy tarmoqlari, xususan telegram tarmog‘i orqali ham ma'lumotlarni yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bunda biror-bir talaba karantin vaqtida jarayondan chetda qolmasligi, institut bilan doimo bog‘lanib, aloqada bo‘lib turishi e'tiborga olingan.

Talabalarga masofaviy bilim berish maqsadida institutning onlayn “SamISI kutubxona” si ham tashkil qilingan. Hozirda ushbu onlayn kutubxona telegram tarmog‘i orqali o‘z faoliyatini olib bormoqda. Bu yerda talabalar fan yuzasidan o‘quv adabiyotlar, badiiy asarlar va boshqa turkumdagi elektron kitoblarni kutubxona hodimlariga murojaat qilib olish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, qo‘shni davlatlardagi oliy ta'lim muassasalaridan o‘qishini Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga ko‘chirgan talabalar uchun ham o‘quv rejaga ko‘ra kursdagi fanlar bo‘yicha farqlarni topshirish hamda o‘quv jadvalidagi fanlarni o‘zlashtirish doirasida ular uchun masofaviy ta'limni amalga oshirish borasida hamma sharoitlar yaratildi va talabalarimiz masofaviy darslarda qatnashishmoqda.

Institutda qo‘shma ta'lim dasturi asosida tahsil olayotgan talabalar Qozon federal universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilayotgan masofaviy ta'lim darslarida faol ishtirok etib, zaruriy bilimlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Shuningdek, institutda xalqaro hamkorliklarni davom ettirish va ularni kuchaytirish masalalari ham karantin bo‘lishiga qaramay tӯxtab qolgani yo‘q. Jumladan, Koreyaning Woosuk (Vosuk) universiteti bilan hamkorlikni o‘rnatib talabalar almashinuvi, ikki tomonlama diplom dasturlarini joriy qilish, koreys tili markazini ochish yuzasidan iyun oyida ushbu masalani muhokama qilish maqsadida Koreya universitetining xalqaro aloqalar komiteti rahbari Choy Xyung-Kyu, prorektor Dong-Ju va Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rahbariyati ӯrtasida Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Jumladan, institutda pedagogik jarayonlar bilan bir qatorda, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik jarayonlar ham davom etmoqda. Joriy yilning 5 may kuni «Xizmat ko‘rsatish sohasi tarmoqlarida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditning dolzarb muammolari» mavzusida onlayn rejimida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi ZOOM platformasi orqali tashkil etildi.

Onlayn rejimida o‘tkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyamizda boshqa bir qancha oliy ta'lim muassasalari va tashkilotlar, jumladan, Qozon federal universiteti, Rossiya kooperatsiya universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Farg‘ona politexnika instituti va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining «Buxgalteriya hisobi va audit metodologiyasi» boshqarmasi hamda Davlat soliq qo‘mitasining ilmiy tadqiqotchilari o‘z ma'ruzalari bilan ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi.

Binobarin, institutda joriy yilning may, iyun oylarida yana 3 ta respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya onlayn tizimda o‘tkaziladi.

Shuningdek, talaba-yoshlarningilmiysalohiyatinioshirish, ularni kelajak hayotga to‘g‘ri yo‘naltirish maqsadida institutda «Talaba ilmiy-ijodiy ishlanmalari» bo‘yicha may oyida onlayn respublika konferensiyasini ZOOM platformasi orqali o‘tkazish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Institut huzurida bir qancha texnikumlar tashkil etildi, jumladan, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti huzuridagi Kattaqo‘rg‘on iqtisodiyot texnikumida hamda Charxin iqtisodiyot va servis texnikumida 6 tadan yo‘nalish bo‘yicha talabalarni to‘lov-shartnoma asosida qabul qilish taklif etildi. Shuningdek, ushbu texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarni suhbat asosida institutga qabul qilinishi ham rejalashtirilgan.

Institutda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida talabalar o‘rtasida videolavhalar tanlovi o‘tkazildi. Unda institut talabalari o‘zlarining qiziqishlari yuzasidan videolarni tasvirga olishdi va bu videolavhalar institutning rasmiy sahifalariga joylandi. G‘olib va sovrindor talabalar soha yuzasidan har bir tashabbus doirasida munosib taqdirlandilar.

Bir so‘z bilan aytganda, pandemiya sharoitida bo‘lsa-da, karantin talablariga rioya qilgan holda institutda o‘quv, ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy jarayonlarning tizimli tashkil etilishi talabalarni yuqori bilim olishiga, yetuk mutaxassis va ma'naviyatli inson bo‘lib shakllanishiga barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti axborot xizmati

Top