00:27 / 17.05.2020
11099

Fuqarolarning ofatda yo‘qolgan hujjatlari davlat hisobidan tiklab berilmoqda – Sirdaryo viloyati IIB

Sardoba fojiasi oqibatida 3971 nafar fuqaroning pasporti yo‘qolgan. Shaxsni tasdiqlovchi 942ta hujjat aniqlanib, egalariga qaytarib berildi. Fuqarolar evakuatsiya qilingan hududlarga ikkita ko‘chma biometrik pasportga rasmga tushish qurilmalari jalb qilindi hamda hech qanday rasmiyatchiliksiz 831ta fuqarolik pasporti rasmiylashtirilib, egalariga topshirildi.

Shavkat Mavlonov Foto: Xalqaro press-klub

Bu haqda Xalqaro press klubning Sardobadagi halokatga bag‘ishlangan sessiyasida Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Mavlonov ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, hujjatlarni tiklash bo‘yicha xarajatlar davlat tomonidan qoplab berilmoqda.

“Hozirda yana 1760ta pasportni egalariga tarqatish ishlari bilan shug‘ullanyapmiz.

Evakuatsiya qilingan hududlarda aholining shaxsiy mol-mulklarini himoya qilish maqsadida tezkorlik bilan 15ta to‘siq post, 44ta piyoda-patrullik xizmati, 60ta patrul-post xizmati xodimlari yo‘nalishlari belgilab berildi. Fuqarolarning mulkiga tajovuz qilish holatlariga yo‘l qo‘yilmadi”, deya boshqarma boshlig‘ining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Sessiyada qayd etilishicha, Sardoba, Oq oltin, Mirzaobod tumanlari hududlarida shu kunga qadar fuqarolarning 700ga yaqin turli hujjatlari va qimmatbaho buyumlari aniqlanib, egalariga topshirilgan.

Mavzu
Sardobada suv toshqini
1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshib chiqdi.
Barchasi
Top