09:08 / 20.05.2020
89253

Samarqand shahridagi qaysi mahallalarda koronavirus aniqlangani ma'lum qilindi

Samarqand shahri hokimi Boburmirzo Obloqulov shaharning qaysi hududlarida koronavirus aniqlangani haqida ma'lum qildi.

Foto: KUN.UZ

«Karantin qoidalarini yumshatish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar joriy etilgan. Shuni aytishim kerakki, bu choralar butun Samarqand shahri uchun tatbiq etilmaydi. Kasallik aniqlangan bemorlar yashaydigan ayrim mahallalarda karantin qoidalari kuchaytiriladi.

«Abdurahmon Jomiy», «Adolat», «Bahor», «Bog‘i Temur», «Al Farobiy», «Bog‘i Shifo», «G‘iyosiddin Jamshid», «Do‘stlik», «Jo‘yi chuqur», «Zarafshon», «Zargartepa», «Ilg‘or», «Ko‘k masjid», «Qo‘shchinor», «Qarshi yo‘li», «Mash'al», «Nurobod», «Sayid», «Siyobcha», «Tadbirkorlar», «Uvaysiy», «O‘rta Xo‘jasoat», «Hamid Olimjon», «She'roziy», «Hazora», «Hunarmandlar», «Chorbog‘», «Cho‘pon ota», «Shodlik», «Shukrona», «Yangi hayot» va «Yangi Xayrobod» mahallalariga ushbu kasallik bizdan yiroq bo‘lmagunga qadar vaqtincha kirish-chiqish cheklanadi», degan Samarqand shahar hokimi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, ayni damgacha Samarqand viloyatida 281 kishi koronavirus yuqtirgan va ularning 175 nafari tuzalgan, 1 kishi virus sabab vafot etgan. 

Avvalroq Samarqand viloyatidagi «kasallik o‘choqlari» ma'lum qilingan, shuningdek, 17 may kuni Samarqand shahrida karantin qoidalari kuchaytirilgan tartibda davom ettirilishi va shahar ko‘chalarida maxsus ruxsatnomasiz avtomobillar harakati hozircha cheklangani e'lon qilingandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top