08:25 / 22.05.2020
14066

PFL rahbari o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shatilgan

O‘zbekiston professional futbol ligasi rahbariyatida o‘zgarish bo‘ladi. Tribuna.uz manbasining ma'lum qilishicha, tashkilot rahbari Davron Shoqurbonov ishdan ketgan. U o‘z arizasiga binoan vazifasidan ozod qilingan.

Foto: PFL

Sobiq hakam hisoblangan Davron Shoqurbonov 2019 yil 17 iyun kuni PFL direktori etib tayinlangan va oldinroq ishdan ketkazilgan Omon G‘ofurov o‘rnini egallagandi. 47 yoshli Shoqurbonov PFL rahbari bo‘lishdan avval «Bunyodkor» klubida rahbarlik lavozimlarini egallab kelgan.

Ma'lumot uchun, PFL respublika doirasidagi futbol musobaqalarining tashkilotchisi hisoblanadi. Hozircha tashkilotning yangi rahbari kim bo‘lishi haqida ma'lumot yo‘q. O‘z navbatida, O‘zbekistonda futbol bahslari, jumladan chempionat o‘yinlari qachon tiklanishi haqida ham hech qanday ma'lumot mavjud emas.

Mavzuga oid
Top