13:45 / 22.05.2020
23776

Toshkentda YPX postida tekshirilgan avtomobildan qurollar topildi

Xolislar ishtirokida o‘tkazilgan tekshiruv natijasida avtomobilda sovuq qurol va to‘pponchaning "pugach" deb ataladigan turi topildi. 

Foto: IIBB axborot xizmati

Joriy yilning 19 may kuni Sergeli tumanidagi “A.Turbonov” YPX postida 2-batalon YPX inspektori kichik serjant T.Tojiboyev, kinologiya xizmati xodimi safdor R.Xolmurodov va IIBB patrul-post xizmati 5-bataloni safdori Sh.Hoshimovlar xizmat olib borishgan. 

Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, soat 21:30lar atrofida shaharni tark etayotgan mashinalardan biri – “Nexia” rusumli avtomobil ularning e'tiborini tortgan.

Mashina to‘xtatilganda, haydovchining o‘zini tutishi xodimlarda shubha uyg‘otgan. Bu esa avtomobilni yaxshilab tekshirishga sabab bo‘lgan. Xolislar ishtirokida o‘tkazilgan tekshiruv natijasida avtomobilda sovuq qurol (metall kastet) va to‘pponchaning "pugach" deb ataladigan turi topildi. Bular avtoulov haydovchisi – Shayxontohur tumanida yashovchi 24 yoshli S.A.ga tegishli bo‘lgani aytiladi.

Yuqoridagi faktlar asosida tekshirishuvni davom ettirish va qurollar egasining maqsad va niyatlarini aniqlash uchun S.A. ashyoviy dalillar bilan birga Sergeli tumanidagi 4-son IIBga keltirildi, deyiladi ma'lumotda.

Top