23:46 / 26.05.2020
10115

AQShda koronavirus qurbonlari soni 100 mingdan oshdi

AQShda koronavirusdan vafot etganlari soni 100 mingdan oshdi. Bundan Worldometeres servisi ma'lumotlari darak bermoqda.

Foto: Lucy Nicholson / Reuters

Servisning oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, AQShda epidemiya boshidan beri 1,7 mlndan ko‘proq kishi koronavirusga chalingan, ulardan 100103 nafari uning qurboni bo‘lgan. Ta'kidlab o‘tish joiz, AQSh koronavirusga chalinganlar va undan vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinda turibdi. 

Shuningdek, koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha Britaniya 2-o‘rinda (37048 o‘lim), Italiya 3-o‘rinda (32955 o‘lim) turibdi. 

Avvalroq Braziliya koronavirusdan bir kun ichida vafot etganlar soni ko‘payishi bo‘yicha dunyoda “yetakchi”ga aylangani ma'lum qilingandi. So‘nggi sutkada Lotin Amerikasi davlatida 807 kishi koronavirusdan vafot etgan. Braziliya bu borada AQShdan o‘zib, 1-o‘ringa chiqqan. Mamlakatda umumiy hisobda 23622 kishi koronavirus qurboniga aylangan. AQSh prezidenti Braziliyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat og‘irligi sababli, ushbu mamlakatga oxirgi 2 hafta ichida tashrif buyurgan xorijliklarga AQShga kirishni taqiqlab qo‘ydi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top