11:00 / 29.05.2020
7152

Qarshi oling – Pepsi Lime. Jahonga mashhur savdo belgisidan yangi rohatbaxsh ta'm

O‘zbekistondagi Pepsi kishini tetiklantiruvchi va orom baxsh etuvchi gazlangan ichimliklar shaydolari uchun jazirama yoz mavsumida maxsus yangi mahsulotini taqdim etmoqda. 

Tanishing ‒ Pepsi Lime (Pepsi laym)!

Ushbu ichimlikning mutlaq o‘ziga xosligi shundaki, laymga to‘yingan xushbo‘ylik shirin ichimlikka yoqimli sitrus isini ato etadi. Va siz sitrus mevasining Pepsi ichimliklariga xos maza bilan uyg‘unlashgan o‘zgacha ta'mini kashf etasiz.

Yangi ichimlik yana shunisi bilan o‘ziga xoski, u butunlay kaloriyasizdir. Bu o‘z navbatida, yorqin mutlaq g‘ayrioddiy ta'mli, mazali ichimlikni qidirayotganlar uchun munosib tanlov bo‘la oladi.

Albatta, kompaniya dizaynni ham unutmagan. Pepsi Lime yodda qoluvchi, zamonaviy va yarq etib ko‘zga tashlanuvchi idishga qadoqlanadi. 

Qora va yashil laym tusiga tushirilgan dag‘al yorliq diqqatni jalb etish bilan birga, go‘yoki, yangi ta'mning sir-sinoatini aks ettiradi. Siz bir qarashda bahri-dilni ochib, tetiklantiruvchi laymli ichimlikni tatib ko‘rmasdanoq his qila boshlaysiz.

 Yangi ichimlik 3 xil namunadagi ommabop shaklda taqdim etiladi. Ichimliklar 0.5 l, 1 l hajmdagi plastik idishlar hamda 0,25 l hajmli alyuminiy idishga quyiladi. 

Yangi ta'mni tatib ko‘rishga intiq bo‘layotganlar Pepsi Lime ichimligini yaqin kunlarda savdo nuqtalaridan so‘rashlari mumkin bo‘ladi.

Demak, yangi ta'm - yangi Pepsi Lime!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top