09:30 / 31.05.2020
28363

Foto: Minneapolisdagi namoyishlar

Minneapolisda afroamerikalik Jorj Floyd politsiya xatti-harakatlaridan vafot etgani ortidan kelib chiqqan namoyishlar tufayli favqulodda holat rejimi joriy etildi.

Floydning o‘limiga aloqador bo‘lgan 4 nafar politsiyachi ishdan bo‘shatildi, ulardan biri, qo‘lga olish vaqtida tizza bilan bo‘g‘ish usulini qo‘llagan Derek Shovin qo‘lga olingan. Ammo jamoatchilik va marhumning qarindoshlari ushbu politsiyachilarning barchasiga qotillik bo‘yicha jinoiy ish ochilishini talab qilib ko‘chalarga chiqqan.

Foto: AP/TASS

Minneapolisda minglab namoyishchilar ko‘chaga chiqdi: binolarga o‘t qo‘yildi, jumladan politsiya mahkamasiga ham. Politsiya bilan to‘qnashuvlar davom etmoqda.

Foto: Reuters

 Namoyishlar internetda 46 yoshli Jorj Floyd politsiya ofitseri tomonidan qiynoqqa solingani tasvirlangan video tarqalgach boshlandi. 

Foto: AP/TASS

Adolat talab qilib politsiya mahkamasiga kelganlar hujumga o‘tib tartibsizliklarni boshlab berishdi. 

Foto: Reuters

Sent-Pol tumanida miting ishtirokchilari talonchilik va vandalizmga o‘tib ketishdi. Ayrimlar magistral yo‘lda avtomobil harakatini to‘xtatib qo‘yishdi. 

Foto: Reuters 

Gubernator Tim Uolz mahalliy amaldorlarga shaharda nazoratni ta'minlashda yordam berish uchun Milliy gvardiyani jalb qildi.

Foto: EPA/Vostock-photo

Namoyishchilar bu tartibsizliklar Floydning o‘limiga munosib javob ekaniga ishonishmoqda. 

Foto: EPA/Vostock-photo

Floydning o‘limi ro‘y bergan hududdagi ko‘plab binolar yoqib yuborildi.

Foto: Reuters

 Munitsipalitet atrofida yig‘ilganlar shunday deyishmoqda: «Agar qotillik videoga yozib olingan bo‘lsa, nega qotillar hozir turmada emas?»

Foto: Reuters

O‘nlab odamlar Target supermarketlari tarmog‘i do‘konlarini talashga harakat qilishdi, shundan so‘ng tarmoq rahbariyati shahardagi o‘nlab savdo nuqtalarini yopib qo‘ydi. 

Foto: Reuters

Minneapolis hukumati xavfsizlik nuqtayi nazaridan metro liniyalari va avtobus marshrutlarini to‘xtatdi. 

Foto: AP/TASS

Jorjning ukasi Filoniz Floyd o‘limga aloqador bo‘lgan politsiyachilar AQSh qonunchiligida nazarda tutilgan maksimal jazo - o‘limga hukm qilinishiga umid bildirmoqda. 

Foto: Reuters

 Politsiya rahbari shahar aholisini xotirjamlikni saqlashga chaqirmoqda.

Mavzu
Minneapolisdagi namoyishlar
25 may kuni Minneapolisda politsiya tomonidan qo‘lga olingan 46 yoshli afroamerikalik Jorj Floyd vafot etgach AQShda ommaviy namoyishlar boshlanib ketdi.
Barchasi
Top