16:07 / 01.06.2020
8828

Lukashenko Rossiya OAV orqali Belarusga muammolar tiqishtirayotganini aytdi

May oyi boshida Rossiyaning Birinchi kanali suratga olish guruhi akkreditatsiyadan mahrum qilingandi. 

Foto: EPA/Vostock-photo

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko davlat xavfsizlik qo‘mitasi boshlig‘i Valeriy Vakulchik bilan uchrashuvida mamlakatda bir nechta  pandemiya mavjudligini aytdi. Bu haqda BelTA agentligi xabar bermoqda.

"Pandemiyalardan biri sog‘liqni saqlash sohasida. Xudoga shukr, uni asta-sekin bartaraf etyapmiz", - dedi Lukashenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, saylovlar sababli siyosiy pandemiya, jahondagi inqiroz bois iqtisodiy pandemiya vujudga kelgan. 

"Hali infopandemiyani aytganim yo‘q. Hozirda internet axlatxonasiga har narsani tashlashyapti va xorijdan, xususan qardosh birodarlarimiz ham OAVda muammolarni tiqishtirmoqda. Ammo biz bularning barchasini ko‘rib turibmiz", - dedi Belarus prezidenti.

May oyi boshida Belarus TIV Rossiyaning Birinchi kanali suratga olish guruhini respublikadagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat to‘g‘risidagi lavhasi uchun akkreditatsiyadan mahrum qilgandi. 

Mavzuga oid
Top