10:51 / 04.06.2020
31825

So‘x tumani Ichki ishlar bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi

So‘x tumani Ichki ishlar bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

3 iyun kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari So‘x tumani kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida Qosimjon Rahimberdiyev So‘x tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.

So‘x tumani matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tuman IIBning yangi rahbari So‘x tumanida tug‘ilgan.

Tayinlovga qadar Q.Raximberdiyev Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘ining o‘rinbosari-tergov bo‘linmalari faoliyatini tahlil qilish bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Ma'murjon Botirov tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Ma'murjon Botirov

Bobosodiq Latipov esa tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga aylangan.

Bobosodiq Latipov

Eslatib o‘tamiz, 2019 yildan buyon So‘x tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Sayidbahrom Sayidmusayev So‘x tumani hokimi etib tayinlangan edi.

Mavzuga oid
Top