18:18 / 05.06.2020
18365

Abdulla Aripov «Olmaliq KMK» kuzatuv kengashi a'zosi etib saylandi

Shavkat Samatov «Olmaliq KMK» kuzatuv kengashi a'zolari tarkibidan chiqarilgan.

Abdulla Aripov / Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi a'zosi etib saylandi. 

Korporativ axborot yagona portalida xabar qilinishicha, Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudiri Shavkat Samatov «Olmaliq KMK» AJ kuzatuv kengashi a'zolari tarkibidan chiqarilgan.

«Olmaliq KMK» AJ kuzatuv kengashi a'zolari orasida moliya vaziri Timur Ishmetov, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Olimxon Rustamov, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Sunnatilla Bekenov, SFI Management Group kuzatuv kengashi a'zosi Qobul Shodiyev, SFI Management Group kuzatuv kengashi a'zosi Qodir Hasanov, SFI Management Group bosh direktori Ulug‘bek Muhammedov, SFI Management Group moliyaviy direktori Azamat Shamsiyev. SFI Management Group yuridik masalalar bo‘yicha direktori Mels Ahmedov ham qayd etilgan.

Mavzuga oid
Top