00:15 / 06.06.2020
4228

Yevroittifoq tashqi chegaralarni 1 iyulgacha ochmaslikka qaror qildi

Ichki ishlar bo‘yicha yevrokomissar Ilva Yoxanssonning ma'lum qilishicha, cheklovlarni uzaytirishni aksariyat mamlakatlar hukumatlari qo‘llab-quvvatlagan.

Foto: AP

Yevropa ittifoqi uchinchi davlatlar fuqarolarining ittifoq hududiga kirishlariga qo‘yilgan cheklovni 1 iyulgacha uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda

Ichki ishlar bo‘yicha yevrokomissar Ilva Yoxanssonning ma'lum qilishicha, cheklovlarni uzaytirishni aksariyat mamlakatlar hukumatlari qo‘llab-quvvatlagan.

«Bugun deyarli barcha a'zo mamlakatlar ushbu davrning uzaytirilishini ma'qullashini bildirdi. Demak, ichki chegaralardagi nazorat iyun oxirida bekor qilinadi», — dedi Yoxansson.

Agentlikning eslatishicha, cheklovlar mart o‘rtalarida kiritilgan va ikki marta uzaytirilgan bo‘lib, 15 iyunda nihoyasiga yetadi. Yevropa komissiyasi YeIning tashqi chegaralari faqat ichki chegaralar ochilganidan keyingina ochilishini talab qilmoqda.

Mavzuga oid
Top