07:48 / 08.06.2020
9774

Yangiyo‘lda miloddan avvalgi III, milodning III-IV asrlariga tegishli qabr topildi

Qabr “Qovunchi” madaniyatiga oid bo‘lib, u miloddan avvalgi III, milodning III-IV asrlariga tegishli ekanligi qayd etildi. 

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

Joriy yilning 3-4 iyun kunlari soat taxminan 18:00da Yangiyo‘l tumani Madaniyat MFY Baxt qishlog‘ida yashovchi S.A.ning yashab turgan joyi hovlisida chuqur qazilgan. 

Madaniyat vazirligi xabariga ko‘ra, qazish ishlari olib borilayotgan vaqtda u yerda qabr borligi ma'lum bo‘lgan. Bu haqda 4 iyun kuni fuqaro S.A. Yangiyo‘l tuman hokimligi va huquqni muhofaza qiluvchi organ hamda Toshkent viloyati Madaniy meros boshqarmasiga xabar bergan.

Toshkent viloyati Madaniy meros boshqarmasi, Yangiyo‘l tuman hokimligi tuman prokuraturasi va tuman IIB bo‘limi hamda jamoatchilik vakillari bilan 5 iyun kuni Yangiyo‘l tumani Madaniyat MFY Baxt qishlog‘ida yashovchi fuqaro S.A. murojaati asosida fuqaroning yashab turgan turar joy hovlisidan qazilgan chuqurda qazishma ishlari olib borildi.

Tadqiqot ishlari xulosasiga ko‘ra, ushbu qabr “Qovunchi” madaniyatiga oid bo‘lib, u miloddan avvalgi III, milodning III-IV asrlariga tegishli ekanligi qayd etildi. Qabrdan shu davrda yashagan odamlarning suyak qoldiqlari (1 ta skelet) va 9 ta turli hajm va shakldagi sopol buyumlar (bir donasi siniq holda), 1 dona ayollar munchog‘i qazib olindi.

Qayd etilishicha, ushbu buyumlar Yangiyo‘l shahar “Usmon Yusupov” uy muzeyiga dalolatnoma asosida topshirildi.

Top