11:25 / 10.06.2020
6193

Amerikalik politsiyachilarga gumonlanuvchilarga nisbatan bo‘g‘ish usullarini qo‘llash taqiqlandi

AQSh poytaxti Vashington politsiya departamenti afroamerikalik Jorj Floyd politsiya tomonidan qo‘lga olinish vaqtida o‘ldirilgandan keyin politsiyada bir qator islohotlar o‘tkazilishini e'lon qildi.

Foto: MIKE BLAKE / Reuters

Yangi qoidalarga ko‘ra, politsiyachilarga bo‘g‘ish usullarini qo‘llash taqiqlanadi, chunki bu usullar qo‘lga olinayotgan shaxslarga bevosita xavf soladi. Bundan tashqari, gumonlanuvchining o‘lishi yoki ularga qo‘pol ravishda kuch qo‘llash bilan bog‘liq voqealardan keyin politsiya departamenti voqeaga aloqador politsiyachilarning ismlarini oshkor qilishi va ularning tana kameralaridagi videoyozuvlarni e'lon qilishi shart. Politsiya tomonidan qurol qo‘llanishi ham qat'iylashtirilgan

Avvalroq Nyu-York meri Bill de Blazio Floyd o‘limidan keyin AQShda norozilik namoyishlari boshlangach politsiya isloh qilinishiga va'da bergan. Uning aytishicha, politsiyaga ajratiladigan mablag‘larning bir qismini yoshlar bilan ishlashga yo‘naltirish rejalashtirilmoqda. 

Mavzu
Minneapolisdagi namoyishlar
25 may kuni Minneapolisda politsiya tomonidan qo‘lga olingan 46 yoshli afroamerikalik Jorj Floyd vafot etgach AQShda ommaviy namoyishlar boshlanib ketdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top