12:02 / 10.06.2020
5890

Yashnobod tumanidagi ko‘chalardan biri uch kunga yopildi

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.

Joriy yilning 10 iyun kuni soat 11:00 dan 13 iyunga qadar Yashnobod tumani Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Kichik halqa yo‘liga o‘tuvchi qo‘shimcha yo‘l avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi.

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, ushbu yo‘lda ta'mirlash ishlari olib boriladi.

Haydovchilarga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.

“Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top