15:56 / 10.06.2020
46327

Zelenskiy Rossiya bilan munosabatlar yaxshilanishi uchun shartini aytdi

Vladimir Zelenskiy Qrim yana Ukrainaning bir bo‘lagiga aylanishiga ishonch bildirdi.

Foto: TASS

Moskva va Kiyev o‘rtasidagi avvalgi munosabatlarni tiklash vaqti noaniq, ammo Qrim Ukrainaga qaytarilmas ekan, ikki xalq orasida aloqalar o‘rnatilishi imkonsiz. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma'lum qildi.

"Qrim qaytarilmagunicha ukrain va rus xalqlari, kelgusi avlod uchun birlashish, do‘stona munosabat o‘rnatish imkoniyati bo‘lmaydi", - dedi u "Ukrainskaya pravda" nashriga bergan intervyusida.

Zelenskiyning fikricha, "bir necha yildan so‘ng Rossiya xalqi Qrim bilan bo‘lgan holat uchun uyaladi". U shuningdek, Qrim yana Ukrainaning bir bo‘lagiga aylanishiga ishonch bildirdi.

"Ilgarigi munosabatlarni qaytarish uchun necha yil kerak bo‘lishini bilmayman. Menda bu savolga javob yo‘q", - dedi u. 

Qrim va Sevastopol 2014 yil martda referendum natijasiga ko‘ra Rossiya tarkibiga kirgandi. 

Top