13:47 / 12.06.2020
19226

«Bir marta korrupsiyaga aralashgan ikkinchi marta davlat xizmatida xizmat qilmasligi kerak» – Svetlana Ortiqova

Xalq deputatlari Sergeli tuman kengashi deputati Abduqahhor Iminoxunov 11 iyun kuni Adliya vazirligida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida korrupsiyaga aralashgani tufayli faoliyatidan chetlashtirilgan yoki jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarni davlat xizmatiga qayta ishga olmaslikni taklif qildi. Mutasaddilar bu taklifni olqishlashdi.

Svetlana Ortiqova / Foto: KUN.UZ

«Juda yaxshi fikr. Taklifingizni qonun loyihasi ustida ishlayotgan ekspertlarga yetkazamiz, ular bilan birga bu masalani atroflicha muhokama qilamiz.

Bir marta korrupsiyaga aralashgan ikkinchi marta davlat xizmatida xizmat qilmasligi kerak. Chunki uning qayta shu jinoyatga qo‘l urishi ehtimoli bor.

Basharti u kechirilgan taqdirda ham ishga qayta olinmasligi kerak, faqat korrupsiyada ayblangan, biroq sud tomonidan oqlangan shaxslar bundan mustavno, ular davlat xizmatiga qaytishi, avvalgi ishiga tiklanishi mumkin. Milliy qonunchiligimizda ham shu norma bor», deya Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqovaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Top