10:50 / 12.06.2020
87967

Tergov departamenti Xorazmda ayol kishining bir necha ayollar tomonidan kaltaklanishi holati bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi 

Holat yuzasidan Qo‘shko‘pir tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Tergov departamenti

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti Xorazmdagi «samosud» holati tasvirlangan videolavha yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.

2020 yilning 9 iyun kuni taxminan soat 22:40da Qo‘shko‘pir tumani Ittifoq mahallasida yashovchi 20 yoshli H.O. dugonalari D.A., L.M., M.M., D.K. bilan birgalikda yashash uyiga kelayotganida, oldidan 31 yoshli S.D. boshqaruvidagi Nexia avtomashinasi kelib to‘xtaganida, avtomashinadan shu mahallada yashovchi K.D., R.D, va O.D. tushgan.

Xabarda aytilishicha, ular “Sen nima uchun o‘g‘lim va kelinimni turmushini buzib, buzg‘unchilik qilib yuribsan” deb har xil so‘zlar bilan haqorat qilib, urib tan jarohati yetkazgan hamda ushbu holatni shu yerda bo‘lgan S.D. o‘zining uyali telefon apparatiga videotasvirga olib turgan.

X.O. shu mahallada yashovchi K.D.ning o‘g‘li S.D. bilan 2016 yildan buyon yashab kelayotganligi, hozirda bir nafar farzandi borligi aniqlangan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida X.O. chap bilak, chap-o‘ng yelka, boldir, chap son va ko‘krak qafasini qontalashlari bo‘lib, yengil tan jarohati olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘shko‘pir tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan K.D., R.D., O.D. va N.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan, o‘z mazmuniga ko‘ra umum e'tirof etgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi o‘taketgan behayolik bilan bezorilik sodir etilsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Top